22:28 / 01.12.2015
3034

Argentinaning sobiq prezidenti davlat mulkini talon qilgani uchun 4,5 yilga qamaladi

Sud Argentinaning sobiq prezidenti Karlos Menemga nisbatan 4,5 yillik qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda La Nacion xabar bergan.

U davlat mulkini talon-taroj qilishda ayblangan.

Ma'lumot uchun, Karlos Manem 1989 yildan 1999 yilgacha Argentinada prezidentlik qilgandi.

2013 yilda ham u Ekvador va Xorvatiyaga qurol kontrabandasini amalga oshirishda ayblangan va unga 7 yillik qamoq jazosi tayinlangandi.

Top