18:02 / 01.12.2015
14650

FVV O‘zbekistonda 1 dekabrda yuz bergan zilzila haqida batafsil ma'lumot berdi

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Toshkent” seysmik stansiyasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, 2015 yil 1 dekabrda soat 11:14 da markazi Toshkentdan sharqqa tomon 350 km uzoqlikda, Qirg‘iziston hududida bo‘lgan zilzila qayd qilingan. 

“Zilzila magnitudasi markazida 5,5 ballni tashkil qilgan. Zilzila Toshkentda 2 ball, Adijonda 2,5 ball, Farg‘onada 2 ball, Namanganda 2 ballik kuch bilan sezildi.

O‘zbekistonning qolgan hududlarida zilzila sezilmagan. Vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar berilmagan”, deb aytilmoqda xabarda.

Top