22:24 / 01.12.2015
2624

Germaniya Suriyaga Fransiyaning “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasini qo‘llab-quvvatlash uchun fregat yubormoqchi

Germaniya hukumati Suriyaga Fransiyaning “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasini qo‘llab-quvvatlash uchun “Saksoniya” fregatini yubormoqchi.

Avvalroq Germaniya vazirlar mahkamasi mamlakat Qurolli kuchlarining Suriyada IShIDga qarshi aksilterrorchilik missiyasida ishtirok etishini ma'qullaganligi ma'lum qilingandi. Germaniya operatsiyada 1,2 ming harbiy xizmatchidan foydalanmoqchi.
Ta'kidlanishicha, vakolat bir yil davomida amal qiladi.

Top