17:44 / 01.12.2015
9796

Independent: Yaponiyaga qirg‘og‘iga murda to‘la 11 qayiq yetib keldi

Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida ichida jasad to‘la 11 qayiq topildi. The Independent nashrining taxmin qilishicha, ular Shimoliy Koreyadan kelayotgan qochqinlarga tegishli bo‘lishi mumkin.

Qirg‘oq qorovuli xizmati xodimlarining ma'lumotlariga qaraganda, yog‘och qayiqlarning ayrimlarida 20tagacha jasad topilgan. Qayiqlar Yapon dengizida topilib, portlarga olib ketilgan, ammo murdalarni tanish ishlari boshlanmagan. Oxirgi qayiq Fukui portidan topildi.

Yaponiya matbuotida yozilishicha, qayiqlardan birida Shimoliy Koreya bayrog‘i ranglarini eslatuvchi mato bo‘laklari topilgan. Shu bilan birga, qayiqlardan birining yoniga “Koreya xalq armiyasi” degan yozuv tushirilgani aytilmoqda. Shu bilan bog‘liq ravishda tanalar KXDRdan chiqib, adashib qolgan baliqchilarga tegishli degan faraz ilgari surilmoqda.

Top