06:38 / 01.12.2015
2686

Klarkson Amazon’ning yangi dronlarini taqdim qildi

Top Gear ko‘rsatuvining sobiq boshlovchisi Jyeremi Klarkson YouTube’dagi reklama roligida Amazon internet-do‘konining yangi dronlarini namoyish qildi. Bu dronlar internet-do‘kon xaridorlariga mahsulotlar yetkazib beradi, deb xabar berdi Re/code nashri.

Amazon Prime Air xizmati mahsulotlarni 30 daqiqa ichida dronlar yordamida yetkazib berishni kafolatlaydi. Rolikda havoga tik ko‘tarilib, orqadagi qo‘shimcha vinti hisobiga tez harakatlanuvchi dronning tuzilishi namoyish qilinadi. Rolikda, shuningdek, planshet yordamida buyurtmaning yetkazilishi, mahsulot o‘rami, dronning yer va havodagi obektlarni chetlash tizimiga ega navigatsiyasi, qo‘nish joyini Amazon logotipi yozuvi bo‘yicha tanish, mijozni xabardor qilish, dronning qo‘nishi va jo‘natmani tushirish jarayoni tasvirlangan.

Rolik joylashtirilgan kundan boshlab u 1,8 mln marta namoyish qilinishga ulgurdi.

Top