19:04 / 01.12.2015
5840

Klichko Kiyev hokimi qasamyodini aytish esidan chiqib qoldi

Kiyev hokimligiga qaytadan saylangan Vitaliy Klichko shahar rahbarligi qasamyodini qabul qilish chog‘ida uning matnini tilga olishni esidan chiqarib yubordi. Bu haqda Ukrainaning “Vesti” portali xabar bermoqda.

1 dekabr kuni yangi saylangan Kiyev shahar kengashining birinchi majlisida chiqish qilarkan, siyosatchi o‘z nutqiga berilib ketdi. Xususan, uning hokimlik davrida shaharda biometrik saylash tizimi hamda “Smartsiti” shaharni elektron boshqarish tizimi joriy qilinganini eslatib o‘tdi. Shu bilan u qasamyodni ovoz chiqarib o‘qishni esidan chiqarib, minbarni tark etdi.
Keyinroq u minbarga qaytib, qasamyodni o‘qidi.

Top