15:01 / 01.12.2015
8762

Parijda sammit, Afrikada Rim papasi, xitoylik matonatli askarlar, Kaliforniyada Yangi yil paradi, butun dunyoda OITSga qarshi kurash kuni va kunning boshqa dolzarb voqealari suratlarda

Britaniyaning The Guardian nashri bugunning asosiy tendensiyalari va eng dolzarb masalalarini aks ettiruvchi fotojamlanmani tayyorlashdi. Unda iqlimiy sammit, Hindiston va Afrikadagi siyosiy-madaniy yangiliklar namoyish etilgan.

Quyida bu suratlar bilan tanishiningiz mumkin.

1. Oklend, Yangi Zelandiya.
Uesli kollejining sobiq talabalari Eden bog‘ida an'anaviy xaka raqsini ijro etmoqda. 18 noyabr kuni vafot etgan regbi o‘yinchisi Yona Lomuning motam kechasi.

 

2. Xeyxe, Xitoy.
Xalq ozodlik armiyasining yangi xizmatchilari qish mavsumida, -20 daraja sovuqdagi mashg‘ulotda saflanib turishibdi. Shimoliy Xitoyning Xeyluntszyan viloyatidagi harbiy baza.

 

3. Bangi, Markaziy Afrika Respublikasi.
BMT askarlari Rim papasi Frantsisk tashrifi chog‘ida markaziy masjid oldida olomonni nazorat qilmoqda.

 

4. Parij, Fransiya.
Devid Kemeron shahzoda Charlz bilan Le Burjda iqlimiy sammiti ochilishi kuni o‘tkazilgan jahon yetakchilarining suratga tushi marosimidan so‘ng suhbatlashmoqda.

 

5. Namtso ko‘li, Tibet.
Ayol bolasi bilan ko‘l yaqinida. Kichikroq jurnalistlar guruhiga mintaqaga tashrif buyurish ruxsat etilgan edi. Bundan foydalanib qolgan suratkash mazkur ayolni o‘z kadrlariga muhrlashga muvaffaq bo‘ldi.

 

6. Los-Anjyeles, AQSh.
84-yillik Hollivud Yangi yil paradi.

 

7. Chandigarx, Hindiston.
Talabalar xalqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan mitingda ishtirok etish uchun yuzlarini bo‘yab oldilar.

 

8. Lesbos, Gretsiya.
Ko‘ngillilar hozirgina qochqinlar qayig‘idan tushirib olingan qizaloqni ovutmoqda.

 

9. Anqara, Turkiya.
Esonbug‘a aeroporti. Su-24 samolyoti urib tushirilganida halok bo‘lgan rossiyalik uchuvchining tanasi solingan tobut vataniga qaytarilmoqda.

 

11. Yalta, Ukraina.
Erkaklar chiroqlar yorug‘ida shaxmat o‘ynamoqda. Qrimdagi yirik elektr ustunlari portlatib yuborilganidan buyon butun yarim orol qorong‘ulikda o‘tiribdi. Qrim hukumati favqulodda vaziyat e'lon qilib, elektr energiya ishlatilishiga cheklovlar e'lon qildi.

 

10. Torres del Payne, Chili.
Chili antarktik instituti olimlari milliy bog‘dagi mashq dasturi doirasida Kulrang muzlikni kesib o‘tmoqda.

 

12. Sumatra, Indoneziya.
Mahalliy aholi orolning shimolidagi Medan Marelan chiqindixonasida ikkilamchi xom ashyo qidiruvida.

 

13. Nyu Dehli, Hindiston.
Xavfsizlik xizmati xodimlari Hindistonda zo‘ravonlik va ksenofobiyaning o‘sishiga qarshi namoyish chog‘ida politsiya barrikadalaridan o‘tishga harakat qilgan Yoshlar kongressi faollarini suv purkagichlar yordamida tarqatib yubormoqda.

 

14. Shenyan, Xitoy.
Ayol Lyaonin viloyatidagi qisman muzlagan ko‘lda suzib yuribdi. Mamlakat shimoli-sharqi.

Top