16:50 / 01.12.2015
5486

Moskva yaqinida jinoiy guruhlarning rahbarlari yig‘ilgan joyda 53 kishi hibsga olindi

Rossiyalik politsiyachilar Moskva viloyatining Podolskogo tumanidagi klubda jinoiy guruhlarning rahbarlari yig‘ilgan vaqtda reyd uyushtirdi va 53 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya IIV matbuot xizmati xabar bergan.

Politsiyachilar qo‘lga olinganlardan 6ta jangovar to‘pponcha, 4ta Kalashnikov avtomati hamda 4ta travmatik to‘pponcha musodara qilgan.

Hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Qo‘lga olinganlarning 50 nafariga nisbatan "Militsiya xodimlarining buyrug‘iga bo‘ysunmaslik" moddasi bo‘yicha ish ochilgan.

Top