18:17 / 01.12.2015
2519

NATO Iroq, Iordaniya va Tunis uchun IShIDga qarshi kurashda yordam beruvchi harbiylarni tayyorlaydi

NATO harbiy bloki IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash olib borish maqsadida Iroq, Iordaniya va Tunis mamlakatlari uchun harbiylarni tayyorlaydi, deb yozadi TASS axborot agentligi.

Manbada yozilishicha, bu haqda NATO Bosh kotib Yyens Stoltenberg ma'lum qilgan.

«NATO bloki IShIDga qarshi kurashish yo‘lida alyansning hamkorlariga o‘z davlati hududi xavfsizligini ta'minlash uchun mudofaa imkoniyatlarini mustahkamlashga yordam berishni rejalashtirmoqda. Biz Iroq, Iordaniya va Tunis armiyalari uchun ofitserlar tayyorlab beramiz», — deya ta'kidladi u.

Shu bilan birga, NATO rahbari tashkilot IShIDga qarshi kurashish uchun Liviya hududida yangi operatsiyalar olib borishni rejalashtirmayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Top