20:23 / 01.12.2015
2723

No‘'mon Hasanov futbolchi va murabbiy sifatida "Paxtakor"ning birinchi chempioni

Joriy mavsum Anvar Soliyev oliy ligada 12-chempionligini nishonladi.

Haqiqiy chempion va oliy liga afsonasi sanalgan Soliyev 8 bor "Paxtakor", 3 marta "Bunyodkor" va bir bor "Navbahor" bilan oltin medallarga ega chiqqan. U bu borada O‘zbekiston rekordchisi hisoblanadi. Kamoliddin Tojiyev esa 7-marta jamoamiz bilan chempion degan nomga sazovor bo‘ldi.

Maxaradze, Xolmuhammedov, Lobanov, Ribkin, Krimets, Hoshimov, Andreyev, Kozak, Karimov, Iskanderov va Ismatullayev uchinchi bor "Paxtakor" tarkibida oltin medallar sohibiga aylanishdi. Merzlyakov, Pardayev, Masharipov, Sergeyev ikkinchi, Oraxovats va Sohibov esa birinchi chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

No‘'mon Hasanov "Paxtakor" futbolchisi va murabbiyi sifatida O‘zbekiston chempioniga aylangan birinchi insonga aylandi. Hasanov futbolchilik davrida yana MHSK va "Do‘stlik" jamoalarida ham mamlakatimiz chempioniga aylangan. Murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Anvar Rashidov, Andrey Shipilov va Grigoriy Kolosovskiy ham bir necha bor oltin medallarga ega chiqishgan.

Top