17:56 / 01.12.2015
8890

OAV: Livan IShID rahbarining sobiq rafiqasini livanlik askarga almashtirdi

Livan "Jibhod an-Nusra" jangarilari bilan asirlar almashinuvini amalga oshirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu jarayonda jangarilarga berilgan asirlar orasida IShIDning asosiy rahnamosi Abu-Bakr Al-Bag‘dodiyning sobiq rafiqasi Sayja Dulaymi ham bor.

Xabarda aytilishicha, IShID jangarilari boshlig‘ining sobiq rafiqasi Dulaymi 2014 yilning noyabrida Isroil maxsuslari kuchlari tomonidan terrorchi tashkilotlarga aloqadorligi uchun qo‘lga olingandi.

Top