09:03 / 01.12.2015
5334

Oq uy: Obamaning Parijda Xitoy va Hindiston yetakchilari bilan uchrashuvi tashqi dunyo uchun ishora edi

AQSh prezidenti Barak Obamaning Parij shahrida Xitoy va Hindiston rahbarlari bilan uchrashuvi tashqi dunyo uchun ishora deya baholandi. Bu haqda Obamaning Oq uydagi tashqi siyosat bo‘yicha yetakchi maslahatchisi Ben Rods 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.

“Prezident Obama shu yerda, Parijdagi o‘z uchrashuvlari orqali Xitoy va Hindiston bilan ulkan bitimlar tuzilishi haqida ishora qilib o‘tishni istadi”, - dedi Rods. Uning so‘zlariga ko‘ra, Obama XXR raisi Si Tszinpin bilan uchrashuvi juda konstruktiv kechdi.
“O‘ylaymanki, ularning barchasi iqlim o‘zgarishi AQSh va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning tayanch nuqtasi bo‘lishiga ishonch bildirishdi, - deya qo‘shimcha qildi maslahatchi.

– Ular ulkan bitimlarga erishishda bir-biri hamda o‘zlari ta'sir ko‘rsata oladigan mamlakatlar bilan ishlashga va'dalashishdi”.
Uning ta'kidlashicha, mazkur hamkorliklar ham iqlim, ham taraqqiyot bo‘yicha chaqiriqlarga javob beradi.

Top