07:24 / 01.12.2015
2684

Poroshenko 2016 yil boshida Turkiyaga safar uyushtirmoqchi va undan “katta odimlashni” kutmoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Turkiyaga 2016 yilning 1-choragida tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.    

Poroshenko bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgandan keyin ma'lum qildi.    

“Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan qiziqarli va mazmunli suhbat bo‘ldi. Uchrashuv ochiq bo‘ldi va bir soatdan ko‘proq davom etdi. Biz harakatlarimiz rejasi haqida, 2016 yilning 1-choragida mening Turkiyaga safarimga tayyorgarlik borasida kelishib oldik. Biz ushbu safardan katta odimlashni kutmoqdamiz”, deb aytdi Poroshenko.   

Poroshenko gap iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni oshirish haqida ketayotganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top