14:40 / 01.12.2015
4240

Samarqand viloyatida aroq ishlab chiqaruvchi noqonuniy sex faoliyati fosh qilindi

Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari boshqa huquq-tartibot idoralari vakillari bilan hamkorlikda viloyat hududida kontrafakt alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi bir qancha noqonuniy muassasa faoliyatini fosh etdi.

Boshqarma matbuot xizmatining xabar berishicha, Oqtosh tumanida o‘tkazilgan reyd chog‘ida fuqaro V. Yakubovaning uyidan ilgari ishlatilgan 943 dona metall va plastmassa qopqoqlar, qopqoqlar uchun 50 dona polietilen qoplamalar, seriya raqamlari bir xil bo‘lgan 85 dona soxta aksiz belgilari topilgan.

Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi fuqaro S. Alimovaning uyida o‘tkazilgan tintuv chog‘ida esa 190 shishaga quyilgan jami 85 l kontrafakt alkogol mahsulot aniqlandi.
Samarqand shahrida esa fuqaro M. Umarovning uyidan 22 shisha umumiy hajmi 17 l bo‘lgan kontrafakt viski topildi.
Barcha holatlar yuzasidan ish ochildi.

Top