09:21 / 01.12.2015
3023

Tata kompaniyasida yangi xetchbek paydo bo‘ldi

Tata Motors avtokompaniyasi Indica modelining o‘rnini bosuvchi Zica deb nomlangan kichik xetchbekining suratlarini e'lon qildi. ( Avval uning nomi Kite deb atalgan edi). Yangi model Hindiston bozorida Chevrolet Beat, Maruti Suzuki Celerio va Hyundai i10 kompakt-karlari bilan raqobatlasha oladi.

Zica asosi “Indika” platformasi asosiga modernezatsiya qilingan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u uch tsilinrli 1,2 litr hajmga ega dvigatel bilan ta'minlangan.

Bundan tashqari, xetchbek 1,05-litrli dizel dvigatelga ham ega. Motorning quvvati 64 ot kuchini tashkil etadi. Ikkala agregat ham besh bosqichli “mexanik” qutisi bilan jihozlangan.

Top