23:30 / 01.12.2015
16287

Turkiyaning 6 ta harbiy samolyoti Gretsiya havo hududini buzdi

Turkiyaning 6 ta F-16 harbiy samolyoti Gretsiya havo hududini buzdi, deb ma'lum qilindi Gretsiya bosh shtabida. Bu haqda Newsbeast nashri ma'lum qildi.

“Turkiyaning 6 ta F-16 harbiy samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 15.01da parvoz rejasi taqdim qilmay Lesbos va Xios orollari o‘rtasidagi Gretsiya havo hududini kesib o‘tdi”, deb aytilmoqda xabarda.

Gretsiya harbiylarining ma'lumotlariga ko‘ra, qiruvchi samolyotlar Gretsiya havo hududida 30 daqiqacha bo‘lgach, uni tark etgan.

Top