11:17 / 01.12.2015
2761

Xames Benitesni o‘ziga nisbatan hurmatsizlik qilayotganlikda ayblamoqda

"Real" jamoasining kolumbiyalik yosh yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoa bosh murabbiyi Rafael Benitesning o‘ziga ko‘rsatayotgan muomilasidan norozi ekanligini bildirdi. Bu haqda Sport internet nashri xabar tarqatgan.

Kolumbiyalik futbolchining fikriga ko‘ra, ushbu murabbiy unga juda kam o‘yin vaqti ajratmoqda. Rodriges La liganing 13-turida "Eybar"ga qarshi safar uchrashuvida 65 daqiqada almashtirildi va shu harakat futbolchining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.

O‘yindan so‘ng, kiyim almashtirish xonasida Rodriges o‘zining noroziliklarini keskin va ochiq bayon etgan.

Qayd etish kerakki, Benites Xamesni 12-turida "Barselona"ga qarshi o‘yinda ham maydondan barvaqt olingandi.

Top