17:10 / 01.12.2015
2828

Xitoyda tutunlar tufayli 2 mingdan ortiq korxona faoliyati to‘xtatildi

Xitoy nazorat organlari mamlakatda ekologik vaziyatning keskin yomonlashishi tufayli korxonalarning zararli chiqindilar chiqarishini kamaytirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda China Daily xabar bergan.

Xitoy Xalq respublikasi Atrof-muhit vazirligi 2 mingdan ortiq korxonani yoptirdi. Shuningdek, Pekinda barcha qurilish maydonlarida ishlar to‘xtatilgan.

Qayd etilishicha, bu boradagi qarorlar ijrosini ta'minlash maqsadida bir necha maxsus guruhlar tuzilgan.

Biroz oldinroq, Pekinda tutun tufayli ekologik xavfning “to‘q sariq” darajasi e'lon qilingandi.

Top