21:50 / 02.12.2015
3486

Andijonda og‘ufurush 1 kg "marixuana" bilan qo‘lga tushdi

Andijon viloyati ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Asaka tumanida yashovchi 33 yoshli shaxs to‘xtatib tekshirilganida, uning qo‘lidagi sumkasidan bir kilogrammdan ziyodroq «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top