18:47 / 02.12.2015
5477

Benzema: Men barchasi bunday bo‘lganidan afsusdaman

Madridning «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema «Lion» yarimhimoyachisi Matyo Valbuenaning shantaj qilinishi bilan bog‘liq vaziyatga o‘zining aralashuvi borasida to‘xtala turib, bundan afsusda ekanini ta'kidlab o‘tdi.

«Valbuena — yaqin do‘stlarimdan biri. Biz Fransiya terma jamoasi yig‘inlarida tez-tez ko‘rishib turamiz. Hazillashamiz, kulishamiz. Fransiya terma jamoasidan tashqarida bo‘lgan holatlarda ko‘risha olmaymiz. Men Madridda yashayman. Uni faqat terma jamoada ko‘rishim mumkin».

«Karim Zenati (Valbuenani shantaj qilishda ishtirok etganlardan yana biri) — bolalikdan buyon do‘stim. U bilan xuddi aka-ukalardek bo‘lib ketganmiz».

«Men mazkur voqealardan juda ham afsusdaman. Shantaj bu jiddiy ayblov. Men qamoqda bo‘lib turganida Karim Zenatiga yordam berishga uringandim. U bilan telefonda gaplashganimizda meni atrofimda bo‘layotgan muammolardan xabari yo‘qligi uchun ancha kulib gaplashgandik», — deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Le Monde.

Top