11:28 / 02.12.2015
4700

Bir dona mobil telefon ishlab chiqarishda 86 kg miqdorida chiqindi chiqishi ma'lum qilindi

Shvetsiyada bir dona mobil telefoni ishlab chiqarishda qancha chiqindi chiqishi o‘rganib chiqildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 86 kg miqdorida chiqindi chiqar ekan.

"Telefonda turli metallar, plastmassalar va boshqa materiallar mavjud. Chiqindilarning aksariyati metallardan ajraladi", — deb SVT telekanaliga intervyu berdi atrof-muhit Instituti tadqiqot guruhi rahbari Osa Stenmark.

Olimlar turli elektron va elektr qurilmalari ustida ham tadqiqot olib borishdi. Quvvatlantiruvchi qurilmalardan chiqqan chiqindilar atrof-muhitga jiddiy zarar keltiruvchi mahsulot deb topildi.

Tadqiqot mualliflari, shuningdek, boshqa mahsulotlar ustida ham tadqiq ishlari olib borishdi: 1 kg tovuq go‘shtidan – 860 g chiqindi, 1 kg mol go‘shtidan - 4 kg, 1 l sutdan - 97 g, bir dona elektrodreldan - 51 kg, paxta shimdan - 25 kg, charm poyabzaldan - 12 kg, bir dona gazetadan - 25 g chiqindi chiqar ekan. Bu borada rekord darajani noutbuk qayd etdi — 1200 kg.

Top