22:03 / 02.12.2015
8866

Erdo‘g‘an Rossiyaning harakatlariga qarshi javob choralari ko‘rilishi mumkinligidan ogohlantirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, rasmiy Anqara Rossiyaning harakatlariga qarshi javob amalga oshira oladi. Bu haqda Interfaks axborot agentligida ma'lum qilingan.

"Agar Rossiya o‘zining reaksiyalarini shu tarzda namoyon qilishni davom ettirsa, biz zarur choralarni ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi", deydi Erdo‘g‘an.

Biroz oldinroq, Erdo‘g‘an Anqaraning IShIDdan neft sotib olayotgani haqidagi ma'lumot tasdiqlansa, iste'foga chiqishini ma'lum qilgandi. U "Turkiyaga tuhmat qilishga hech kimning haqqi yo‘qligini" qo‘shimcha qilgan.

O‘z navbatida Rossiya Mudofaa vazirligida Turkiya prezidenti oilasining IShIDdan neft sotib olayotganini isbotlovchi dalillar borligi aytilgan.

Top