08:14 / 02.12.2015
2951

Iroq bosh vaziri Iroqda yer usti operatsiyalari o‘tkazish uchun hukumat roziligi zarurligini aytdi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Iroqda xorijiy qo‘shinlar hukumatning roziligi bilangina joylashtirilishi mumkin, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Iroq hukumatining ta'kidlashicha, mamlakatning istalgan nuqtasida istalgan harbiy operatsiya yoxud maxsus yoki maxsus bo‘lmagan istalgan xorijiy kuchlarning joylashtirilishi Iroq roziligisiz va uning mustaqilligiga hurmatsiz amalga oshirilishi mumkin emas”, deb aytdi al-Obodiy.

Al-Obodiy AQShning Iroqqa IShID bilan kurashish uchun maxsus otryad yuborishi haqidagi axborotga shunday javob berdi.

Top