11:49 / 02.12.2015
4241

Istanbuldagi portlash: Politsiya gumonlanuvchining belgilarini ma'lum qildi

Turkiya politsiyasi 1 dekabr kuni Istanbul shahridagi metroning "Bayramposho" bekatida yuz bergan portlashga aloqadorligi gumon qilingan shaxsning belgilari haqida ma'lumot tarqatdi. Haberturk xabariga ko‘ra ayni vaqtda uni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Xabar qilinishicha, guvohlar portlash sodir bo‘lgan vaqtda 28 yoshlar atrofidagi, qora kurtka va oq-qizil yo‘lli sviter kiygan, boshida havorang shapkasi, oyog‘ida qizil kedasi bor yigitning voqea joyidan qochib ketayotganida ko‘rishgan.

Bundan tashqari, portlashga qo‘lbola bomba harakatga keltirilishi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, kechagi kunning ikkinchi yarmida metroning "Bayramposho" bekatiga olib o‘tuvchi yerosti o‘tish yo‘lida portlash sodir bo‘lishi natijasida bir kishi halok bo‘lgan.
Hukumat, xususan Istanbul gubernatori Vasip Shahin bu hodisani terakt sifatida baholagan.

Portlash sodir bo‘lgan vaqtda yo‘ldan poyezd o‘tayotgandi va uning oynalari to‘kilib tushgan.

G‘arbdagi bir qator nashrlarda portlash tufayli jarohatlanganlar soni 5 nafarni tashkil etishi haqida xabarlar tarqalgan.

Top