07:25 / 02.12.2015
2843

IT-kompaniya asoschisi AQSh hukumatini internetda kuzatuv olib borishi detallarini oshkor qilishga majbur qildi

Calyx Internet Access IT-kompaniyasi asoschisi Nikolas Merill AQSh hukumati bilan 11 yillik sudlashuv davomida AQSh Federal qidiruvlar byurosi sud ruxsatisiz so‘rashi mumkin bo‘lgan, internet foydalanuvchilar ortidan kuzatish haqidagi ma'lumotlar ro‘yxatini chop etish qaroriga erishdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.   

Merill 2004 yilda maxsus xizmatlarga sud ruxsatisiz foydalanuvchilar haqida ma'lumotlarni, jumladan veb-sahifalarni ko‘rish tarixi va onlayn-xaridlarni so‘rashga imkon beruvchi  “milliy xavfsizlik maktublari” deb nomlanuvchi mexanizm yordamida FQB tomonidan so‘ralgan kompaniya mijozlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim qilishdan bosh tortgan.

Calyx Internet Access asoschisi sudning bunday ruxsat berishini muhim deb hisoblaydi, “chunki jamiyat hukumat hattoki jinoyatlarda gumon qliinmayotgan foydalanuvchilar haqida ma'lumotlarni yig‘ayotganidan xabardor bo‘lish huquqiga ega”.

Avvalroq AQSh Milliy xavfsizlik agentligi 29 noyabrdan amerikaliklar ortidan elektron kuzatuvni olib borishni to‘xtatishi ma'lum qilingandi.  

Top