17:51 / 02.12.2015
6735

Moskvalik ayol “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi

Moskva fuqarosi “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ini vafot etgan qizining parolini bermagani uchun sudga berdi. Bu haqda Savelov tuman sudi matbuot xizmati ma'lumotiga asoslanib, “Moskva” agentligi xabar bermoqda.

“Ayol “Odnoklassniki.ru” sayti ustidan uning vafot etgan qizining shaxsiy sahifasini tiklab berish va qizining parolini taqdim etishi yuzasidan sudga da'vo kiritdi”, — dedi matbuot xizmati xodimi.

Ijtimoiy tarmoq faqatgina sudning qarori bilan ayolning talabini amalga oshirishi mumkin.

Top