11:55 / 02.12.2015
10734

Nursulton Nazarboyev bolaligida kim bo‘lishni orzu qilgani aytildi

Kecha, 1 dekabr kuni, Qozog‘istonda keng miqyosda Birinchi prezident kuni nishonlandi.

Shu munosabat bilan Oq O‘rda matbuot xizmati Nursulton Nazarboyev haqida 12 qiziqarli faktni taqdim etdi.

1. Tug‘ilganida vazni 5 kg ni tashkil qilgan.
2. Ismini otasining onasi bergan; u Qur'ondagi ikkita ismni birlashtirib, nabirasini nomlagan.
3. Bolalikda uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan.
4. 3 yil davomida rus tilli sinfda o‘qigan.
5. Yoshligida yoz bo‘yi qo‘shnisining qurilishi uchun g‘isht quyib, garmonikaga pul ishlagan.
6. Maktab attestatida faqat bitta to‘rt bor.
7. Maktab bitirganidan so‘ng kimyogar bo‘lishni rejalashtirgan.
8. Dneprodzerjinskda o‘qigan yillari kurash bo‘yicha Ukraina sport ustasi bo‘lgan.
9. 22 yoshida birinchi marta chet elga – Finlyandiyaga chiqqan.
10. Ota-onasi Turksib qurilishida ishtirok etgan.
11. Otasi bolqor tilini yaxshi bilgan.
12. Onasining otasi mulla bo‘lgan.

Top