09:09 / 02.12.2015
2441

OAV: Suriya bo‘yicha “Vena formatidagi” yangi uchrashuv dekabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi mumkin

Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha “Vena formatidagi” navbatdagi xalqaro uchrashuv dekabrning o‘rtasida, agar bunga Moskva va Anqara o‘rtasidagi kelishmovchiliklar xalaqit bermasa, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda The New York Times nashri ma'lum qildi.

Nashrning BMTdagi diplomatik manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, Suriyadagi urushni to‘xtatish maqsadida maslahatlashuvlarda ishtirok etgan davlatlar vakillari agar Rossiya va Turkiya o‘rtasida yuzaga kelgan keskinlikni yumshatishga erishilsa, Nyu-Yorkda dekabrda uchrashishlari mumkin. Diplomatlardan birining ta'kidlashicha, bu uchrashuvni tashkil etish bo‘yicha masalalarni hal qilish yuzasidan muzokaralar boshlab yuborilgan.

Top