10:16 / 02.12.2015
7508

O‘zbek olimlari himoyalash kiyimini ixtiro qilishdi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti olimlari himoyalash kiyimini ixtiro qilishdi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar bergan.

Mazkur ixtiro energetikada individual himoyalash vositalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ixtironing vazifasi himoyalash kiyimining konstruksiyasini soddalashtirishdan iborat.

Mualliflar jamoasi - D.N.Akbarov, B.X.Baymuratov, R.D.Akbarov va J.K.Gafurovga ushbu ixtiro uchun IAP 05107 raqamli patent berildi.

Top