16:40 / 02.12.2015
4518

O‘zDJTUda faxriy pedagoglar uchun bayramona dasturxon tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2015 yil - “Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan professor-o‘qituvchilari uchun bayramona dasturxon tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zDJTU rektori Shuhrat Qayumov oliy ta'lim muassasasida ko‘p yillardan buyon mehnat qilayotgan ustoz-murabbiylar faoliyatiga to‘xtalib o‘tgan holda ularga samimiy minnatdorchilik bildirdi.


Universitet Kasaba uyushmasi va “Kamolot” YoIH hamkorligida o‘tkazilgan bayram dasturxonida talabalar milliy raqs, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlarni ustozlariga sovg‘a tarzida taqdim qilishdi.

Badiiy dasturlar so‘ngida o‘quv jarayonida o‘zining boy tajribasini yosh hamkasblariga o‘rgatib kelayotgan katta avlod vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Top