22:03 / 02.12.2015
2179

Parijdagi “Bataklan” teatri 2016 yil oxirida ochilishiga va'da berilmoqda

13 noyabrda Parijdagi teraktlardan biri yuz bergan “Bataklan” teatri 2016 yil oxirida ochilishi mumkin, deb xabar bermoqda teatr egalari Jyul Frutos va Olive Pubelning axborotiga iqtibos keltirgan holda Le Figaro nashri.

Frutos va Pubel teatrning ishini 2016 yil oxirigacha qayta boshlashga umid bildirishayotganini aytishdi.

Pubel terakt qurbonlarini ifodalash uchun “Bataklan avlodi” degan atamaning paydo bo‘lganidan afsusdaligini aytdi.

“Bataklan avlodi – “Sharli avlodi”ning dangasa nusxasi bo‘lib, OAV uni shunchalik hurmatsizlik bilan ishlatmoqdaki, fojia spektaklga aylanmoqda”, deb aytdi Pubel.

Pubelning aytishicha, dunyoning birorta teatrida “bunday katta darajada xunrezlik” bo‘lmagan.

Top