15:56 / 02.12.2015
6005

Sarkozi: Turkiya YeI a'zosi bo‘lmasligi kerak

Turkiya Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lmasligi kerak. Bu haqda Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Europe 1 telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Turklarni aldab, ular Yevropaning bir qismiga aylana olishiga ishontirish xatodir.

Biz Turkiya bilan yaqin aloqalar va umumiy manfaatlarga ega bo‘lishimiz lozim. Lekin u Yevroittifoq a'zosiga aylanmasligi kerak”, - ta'kidladi siyosatchi.
Noyabr oyining oxirida YeI va Turkiya migratsiyaga qarshi kurash choralarini kelishib olishdi, uning doirasida YeI Turkiyaga 3 mlrd dollar ajratadi.

Top