00:09 / 02.12.2015
3944

Seysmologlar Qirg‘iziston tumanlaridagi binolarni sifatli etib qurishga chaqirmoqda

Seysmologlar Qirg‘iziston tumanlaridagi binolarni sifatli etib qurishga chaqirmoqda. Bu haqda “24.kg” axborot agentligiga mamlakat seysmologiya instituti direktori Kanatbek Abdraxmatov ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “mamlakatda kelajakda u xoh aholi turar-joy binosi bo‘lsin, xoh hukumat binosi chekka hududlardagi inshootlarni sifatli qurishga to‘g‘ri keladi”. “Avval biz bor e'tiborimizni Bishkekka qaratdik, unda yuqori sifatli binolar qurdik. Olqishlar natijasida respublikamizdagi boshqa hududlar haqida unitib qo‘ydik. Masalan, O‘shda bo‘lgan 6—7 balli zilzila mana shunday vayronagarchiliklarga olib keldi. Yaratganga shukrki, qurbonlar bo‘lmadi. Bu tegishli tashkilotlar hududlardagi inshootlar sifatiga yetarli ahamiyat qaratmayotganidan dalolat beradi. Odamlar yoki loqaydlikka berilgan, yoki umuman ishlamagan. Endi bo‘lsa xalq yordam so‘rayapti”, — dedi institut rahbari.

“Bizda sug‘urta ishlari ham rivojlanmagan. Rivojlangan mamlakatlarda agar sening uying sug‘urtalanmagan va kerak bo‘lmagan joyda qurilgan bo‘lsa, sen hukumatdan hech qanday yordam ololmaysan. Agar bu qonunni buzsang, faqat o‘zing zarar ko‘rasan xolos. Bizda esa bunday emas. Nega bunday loqaydliklar sodir bo‘lyapti? Davlatning o‘zi boshida nazoratni ushlay olmadi va ana endi buning javobgarligini berishga majbur bo‘lib turibdi”, —Kanatbek Abdraxmatov.

Top