21:29 / 02.12.2015
7495

Toronto hayvonot bog‘ida to‘rtta oq shervachcha tug‘ildi

Kanada hayvonot bog‘idagi oq arslon bira to‘la 4 shervachchani dunyoga keltirdi. Ayni damda ularga sakkiz hafta to‘ldi. Shervachchalarning ismi yo‘q, ammo ular birinchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.

Bu Makali va to‘rt yashar Fintanning birinchi bolalashidir. Birinchi tibbiy ko‘rik ular tug‘ilishgan hamono jinslarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan: shervachchalarning bari urg‘ochi bo‘lib chiqdi. Ular yoshlariga muvoffiq o‘smoqda, juda faol va o‘ynashni yoqtirishadi. Ular hozircha ismsiz qolmoqda. Ularning onasining ismi suaxili tilidan tarjima qilganda “qo‘rqmas”, degan ma'noni anglatadi. Veterinarlarning ta'kidlashicha, ona arslon ikki karra ko‘p ovqat yemoqda. Bu bolalarini boqish uchun o‘ta zarur ekani aytilgan.

Hozir yangi tug‘ilganlarni hayvonot bog‘i xodimlaridan boshqa birov ko‘rishi mumkin emas. Ularning hayoti haqida video olingan.

Top