17:49 / 02.12.2015
2203

Volkswagen banklardan 20 mlrd yevro kredit olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Volkswagen avtokonserni «dizel mojarosi» oqibatlarida yuzaga kelgan xarajatlarni qoplash uchun banklar guruhi bilan o‘z shartlari asosida 20 mlrd yevro kredit bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

«Volkswagen yuzaga kelgan muammo tufayli xarajatlarni qoplash uchun qisqa muddatli va vaqtinchalik shartlar asosida 20 mlrd yevro (21,22 mlrd dollar) yordam kredit olish bo‘yicha kelishuvga erishdi», - deyiladi agentlik xabarida.

Agar zarurat tug‘ilgan holatlarda 13ta bankning moliyalashtirish mablag‘i 29 mlrd yevrogacha (30 mlrd dollar) oshirilishi mumkin.

Agentlik bergan xabarda kredit muddati va qancha foiz hisobiga berilgani borasida xabarlar yo‘q. Volkswagen rasmiylari mazkur xabarga izoh berishdan bosh tortmoqda.

Top