14:39 / 03.12.2015
2387

“PSJ” Ibragimovich o‘rniga Ronalduni olib kelishi mumkin

“PSJ” klubi 34 yoshli Zlatan Ibragimovich bilan mavsum so‘nggida tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Bu haqda Le Parisien xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, klub rahbari Nosir Al-Xelayfi Zlatan Ibragimovich o‘rniga “Real Madrid” hujumchisi Krishtianu Ronalduni olib kelmoqchi. Portugaliyalik futbolchini katta maoshi olishi ham “parijliklar” rahbarini qo‘rqitayotgani yo‘q.

Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronalduning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar belgilangan. 

Top