21:25 / 03.12.2015
4208

193ta tuman va shaharda nogironlar uchun kvotalangan ish o‘rinlari maxsus mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi

O‘zbekistondagi 193 ta tuman va shaharda nogironlar uchun kvotalangan ish o‘rinlari maxsus mehnat yarmarkalari tashkil etiladi. Bu haqda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Axborot xizmati Kun.uz saytiga xabar qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 193 ta tuman va shaharlarda nogironlar uchun kvotalangan ish o‘rinlari maxsus mehnat yarmarkalarini o‘tkazish va har bir tumanda kamida 50 nafardan (jami 10 ming nafarga yaqin) nogironlarni kvota ish o‘rinlariga joylashtirish, nogironlarning ish joylarini moslashtirish, maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlash choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, vazirlik tizimidagi 2 ta imkoniyati cheklangan shaxslar uchun respublika kasb-hunar kollejlarida nogironlar tikuvchilik, bichuvchilik, kompyuter texnikasi, buxgalteriya ishi singari kasblarga o‘qitilib, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari to‘liq ish bilan ta'minlanmoqda. Nogironlarni bandligini ta'minlash borasida ham bir qator tadbirlar amalga oshirilib, bu borada keyingi vaqtlarda nodavlat tashkilotlarning ham faolligi ortganligini kuzatish mumkin.

Top