15:00 / 03.12.2015
2578

200 nafardan ziyod bemorga OIV yuqtirgan kambojalik shifokor 25 yilga qamaldi

Tibbiyot litsenziyasiz faoliyat yuritgan va 200dan ziyod kishiga OIV yuqtirgan Kambojalik shifokor 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda 3 dekabr kuni Guardian nashri xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, mazkur holat qashshoq mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishdagi kamchiliklarni ko‘rsatib, o‘zboshimcha shifokorlar va litsenziyaga ega bo‘lmagan tibbiyotchilarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Kambojada ommaviy ravishda OIVga chalinish bilan bog‘liq mojaro 74 yoshli mahalliy fuqaro o‘z qonida mazkur virus borligini bilganidan so‘ng boshlandi.

U soxta shifokorning boshqa mijozlariga ham qonini tekshirib ko‘rishni maslahat berdi. Yakunda litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatgan shifokor tufayli 200 nafardan ziyod bemor kasallikka chalingani aniqlandi. Taxminlarga ko‘ra, Yyem Chrin inʼeksiya uchun shpritslarni takroran qo‘llayvergan, bundan tashqari, sterilanmagan ignalardan foydalangan.

Top