08:43 / 03.12.2015
5604

AFP: Turkiya Fransiyaga o‘z havo hududidan IShIDga qarshi zarbalar berishida foydalanishiga ruxsat berdi

Anqara Fransiyaning Turkiya havo hududidan IShIDning Suriyadagi va Iroqdagi bazalariga zarba berishda foydalanish so‘roviga ma'qullov javobini berdi. Bu haqda turk diplomatik manbalariga iqtibos keltirgan holda AFP agentligi ma'lum qildi.

“Fransiya bizning havo hududimizni harbiy samolyotlar uchun ochish iltimosi bilan murojaat qildi. Turkiya hukumati bu iltimosni qondirdi”, deb aytilmoqda xabarda.

Frantsuz agentligining ta'kidlashicha, bu Fransiya Harbiy-havo kuchlari samolyotlarini AQSh HHK tomonidan IShIDga zarba berishda foydalaniladigan Injirliq harbiy bazasida joylashtirish imkonini beradi. Ayni paytda aksilterrorchilik operatsiyasida harakat qilayotgan fransuz samolyotlari, jumladan "Miraj-2000" va "Rafal" harbiy samolyotlari Iordaniya va BAAda joylashtirilgan.

Noyabr oxiridan fransuz samolyotlari shuningdek Sharqiy O‘rta Yer dengizida joylashgan “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasidan ham jangovor parvozlar amalga oshirmoqda.

Top