14:27 / 03.12.2015
1917

AQShda vertolyot qulashi tufayli 2 uchuvchi halok bo‘ldi

AQShning Tennesi shtatida 2 kishi harbiy samolyot qulashi tufayli halok bo‘ldi. Bu haqda Assoshieyted Press xabar tarqatgan.

2 kishilik AH-64D Apache rusumli vertolyot mashg‘ulot vaqtida qulagan. Qutqaruvchilar uning qoldiqlarini tog‘li hududda, daryo yoqasidan topishgan.

Hozircha vertolyot halokati sabablari aniqlanmagan. Shuningdek, halok bo‘lgan uchuvchilarning shaxsi ham tasdiqlanmagan.

19 noyabr kuni ham Kaliforniyaning Mak-Klellan-Palomar aeroporti yaqinida vertolyot qulab tushgandi.

Top