22:12 / 03.12.2015
7757

«Betmen Supermenga qarshi» filmining yangi treyleri chiqdi (video)

Warner Bros. kompaniyasi YouTube’dagi rasmiy kanalida «Betmen Supermenga qarshi: Adolat tongida» filmining yangi treylerini taqdim etdi.

Treylerda Klark Kent (Genri Kevill - Supermen) va Bryus Ueynning (Ben Afflek - Betmen) uchrashuvi aks etgan. Shuningdek, unda Leks Lyutor (Jyessi Eyzenberg), Mo‘'jiza ayol (Gal Gadot), Alfred (Jyeremi Ayrons), Akvamen (Jyeyson Momoa), Flesh (Ezra Miller) va Kiborg (Rey Fisher) ko‘rinish bergan.

Film kino ishlab chiqarish tarixidagi eng qimmat kino nomi uchun da'vogarlik qilmoqda.

Ikki super qahramonning bir-biriga qarshi kurashi haqidagi film premerasi 2016 yilning 24 martida bo‘lib o‘tadi.

Top