21:47 / 03.12.2015
3037

Britaniya mudofaa vazirligi: IShIDga qarshi harbiy operatsiyalar bir necha yilga cho‘zilishi mumkin

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon IShID terrorchilik harakatiga qarshi harbiy operatsiyalar bir necha yilga cho‘zilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

Fellonning aniqlik kiritilishicha, bunga dastlabki olingan prognozlar asos bo‘lmoqda.
Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakat IShIDga qarshi kurashda boshqa davlatlardan kuchli qo‘llab-quvvatlash olishini ma'lum qilib o‘tgan edi.

Top