14:13 / 03.12.2015
3438

Buyuk Britaniya Suriyaga IShIDga qarshi kurash uchun yana 8ta harbiy samolyot jo‘natdi

Buyuk Britaniya Kiprdagi bazasini IShID bilan kurash maqsadlarida foydalanish uchun qo‘shimcha 8ta harbiy samolyot bilan ta'minlaydi. Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi rahbari Maykl Fellonga asoslanib, Reyter nashri xabar tarqatgan.

"Bugun biz Kiprdagi harbiy qudratimizni 2 barobarga kengaytiramiz. Ayni vaqtda 8ta samolyot Akrotiriga uchib ketmoqda", degan u.

Uning bildirishicha, Kiprga 6ta "Tayfun" rusumli qiruvchi samolyot hamda 2ta "Tornado" samolyotlari yo‘l olgan.

Bugun Buyuk Britaniya Suriya hududida ilk marta IShID pozitsiyalariga havo zarbalarini amalga oshirdi.

Top