15:31 / 03.12.2015
2123

FIFAning hibsga olingan xodimlari millionlab dollar pora olishda ayblanmoqda

Shveytsariya federal Adliya boshqarmasi bugun FIFAning ikki nafar mansabdorlari hisbga olinganini tasdiqladi.

Boshqarma vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular Janubiy Amerikadagi turnirlarda va JCh saralash bosqichlari doirasida musobaqalarning marketing huquqini pora evaziga sotishda ayblanmoqda.

«FIFAning hibsga olingan ikki nafar mansabdori AQShga ekstraditsiya qilinguniga qadar qamoqda saqlanadi. Ular millionlab dollar miqdorida pora olganlikda gumon qilinib, hibsga olingan», – deydi Adliya boshqarmasi vakillaridan biri.

Mansabdorlarning shaxslari keyinroq ma'lum qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, The New York Times bugun ertalab bergan xabarga ko‘ra, Janubiy Amerika Konfederatsiyasi (KONMeBOL) prezidenti Xuan Anxel Naput va Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari federatsiyasi (KONKAKAF) rahbari Alfredo Xevit qamoqqa olingan.

Top