19:44 / 03.12.2015
5771

Fikrlash tezligi yuqori bo‘lgan odamlar ko‘proq yoqimtoy bo‘lishlari aniqlandi

Olimlar fikrlash tezligi yuqori bo‘lgan odamlar boshqalarga nisbatan ko‘proq yoqimtoy bo‘lishlarini aniqlashdi. Bu tajriba haqidagi batafsil ma'lumot Psychological Science jurnalida chop etildi.

Tajribada 417 kishi ishtirok etdi. Olimlar sinovdan o‘tayotganlarning do‘stlari va qarindoshlaridan ularning yoqimtoyligi, ziyrakligi va quvnoqligi kabi sifatlariga baho berishni so‘rashdi. Bundan tashqari, sinalayotganlar standart psixologik va ongni tekshirish uchun testlardan o‘tishgan. Shundan keyin olimlar tajriba ishtirokchilarining fikrlash tezligini baholash uchun ulardan maxsus bilimlarni talab qilmaydigan 30 ta savolga javob berishni, misol uchun, tezda qandaydir qimmatbaho tosh nomini aytishni so‘rashdi.

Tajriba natijasida yuqori fikrlash tezligiga ega bo‘lgan sinaluvchilar atrofdagilar uchun yoqimtoyroq bo‘lishgani aniqlangan. Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, ular bu omil inson qanchalik yoqimtoy bo‘lishiga ta'sir qilishini kutishgan, biroq bu ta'sir bunchalik ahamiyatli bo‘ladi, deb o‘ylashmagan.

Top