11:50 / 03.12.2015
6626

Foreign Policy jahonning 100 asosiy mutafakkirlari ro‘yxatini e'lon qildi

Foreign Policy jurnali jahonning 100 asosiy mutafakkirlari ro‘yxatini e'lon qildi. Unga mazkur yilning asosiy siyosiy va ijtimoyi voqealarida bosh o‘rinlarni egallagan siyosiy arboblari kiritildi.

Ro‘yxat bir nechta kategoriyalarga bo‘lindi: “qaror qabul qiluvchilar”, “nomzodlar”, “innovatorlar”, “advokatlar”, “san'atkorlar”, “shifokorlar”, “xizmatdagilar”, “solnomachilar”, “magnatlar”.

“Qaror qabul qiluvchilar” qatoriga Rossiya prezidenti, Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri, Gretsiyaning sobiq moliya vaziri, Germaniya kansleri, Mavrikiy prezidenti, Bangladesh bosh vaziri, shuningdek, AQSh-Eron va AQSh-Kuba kelishuvlari ustida ishlgan 2 xalqaro guruh kiritildi.
Keyingi kategoriyaga kiritilganlar ichidan afg‘onistonlik parlamentariy Shukriya Barakzay diqqatga sazovor.
“San'atkorlar” kategoriyasidan Sonita Alizoda, Benksi, Xelli Luv, Lin-Manuel Miranda, Fabris Monteyrolar o‘rin olishdi.

Qolgan kategoriyalarga to‘xtalsak, ularga quyidagi shaxslar kiritildi:
“Shifokorlar”: Mosoka Fallah (Liberiya), Volid Hasaniyon (Kembrij), Donald Ingber (Kembrij), Kim Lyuis va Slava Epshtayn (Boston), Dena Marinuchchi (San-Diyego).
“Xizmatdagilar”: Rim papasi Frantsisk, Ameliya Teleford (avstraliyalik faol), reper Eykon, BAA energetika vaziri Suhayl al-Mazruiy va boshqalar.

“Solnomachilar” kategoriyasiga yilning eng faol va taniqli jurnalistlari va axborot sohasi faollari kiritildi: Hadija Ismoilova (Ozarbayjon), Anas Aremeyav Anas (Gana), Elis Bouman (NASA), “Raqqa sukutda o‘ldirildi” guruhi faollari (Suriya), suratkash Mario Masilau (Mozambik), Joanna Shvarts (Buyuk Britaniya), Rozetta arxeologik missiyasi jamoasi, Raif Badaviy (inson huquqlari faoli, Saudiya Arabistoni) va boshqalar.
Nihoyat, “magnatlar” kategoriyasiga Rajan Anandan (Hindiston), Emili Leprus, Lora Mezer, Touni Krants, Shennon Shuyler va Oisha Kxanna (barchasi AQSh) kiritildi.

Top