20:45 / 03.12.2015
2365

Ibrohimovich keyingi mavsumda APL jamoasida o‘ynay boshlashi mumkin

Londonning "Chelsi" jamoasi rahbariyati "PSJ" klubi hamda Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrohimovichga faoliyatini Angliyada davom ettirish bo‘yicha taklif berishdi.

ESPN Deportes ma'lumotlarga ko‘ra, unga londonliklar bosh murabbiyi Joze Mourino jiddiy qiziqmoqda va yanvarda dastlabki shartnoma taqdim etiladi.

Qayd etish kerakki, Zlatan "Inter"da Mourino bilan birga ishlashga ulgurgandi.

Eslatib o‘tamiz, shvetsiyalik hujumchining parijliklar bilan amaldagi kelishuvi kelasi yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Top