16:23 / 03.12.2015
7841

IShID jangarisi granamyotdan o‘q uzib, tasodifan o‘zini portlatib yubordi

IShIDga aloqador deya aytilayotgan jangari granamyotdan o‘q uzib, tasodifan o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.

Nashr tomonidan e'lon qilingan videorolikda xona ichidagi jangari portlash natijasida teshik hosil bo‘lgan devor oldida turar ekan, granamyot bilan ishlash, o‘q otishga tayyorgarlikni ko‘rsatib qo‘yishga qaror qildi. Terrorist tuynuk oldiga yaqinlashib, tepkini bosdi.

Biroq nimadir noto‘g‘ri amalga oshirildi va granata xonaning o‘zidayoq portlab ketdi.
The Mirror videorolikning qachon va qayerda tasvirga olinganiga oydinlik kiritmadi.

Top