Kun.uz sayti keyingi yarim kun ichida sodir bo‘lgan eng asosiy yangiliklarini saralab, o‘quvchilar hukmiga takroran havola qiladi.
1. Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiyani IShIDdan neft sotib olishda aybladi
Shuningdek,
- jangarilar kuniga 200 ming barrel neft tashiy olishi;
- 2000 jangari Turkiyadan Suriyaga o‘tgani;
- Erdo‘g‘an bu ayblovlarni "yuzi neftga belangan bo‘lsada tan olmasligi";
- va AQSh IShID bilan samarali kurashmayotgani bildirilgan.
2. Erdo‘g‘an Rossiyaning ayblovlarini inkor etadi
- Turkiya prezidenti: "Turkiyaga tuhmat qilishga hech kim haqli emas";
- "Rossiyaga javob qaytariladi";
- "Bu javob Rossiyaniki kabi hissiyot bilan emas, aql bilan amalga oshiriladi".
3. Kaliforniyada otishma, 14 kishi halok bo‘lib, 17 kishi yaralandi
- Kaliforniyadagi Sen-Bernardino shaharchasida noma'lum shaxslar begunoh insonlarni o‘qqa tutdi;
- Ular politsiyadan qochish vaqtida bomba portlatishgan;
- Hujum uyushtirganlardan 2 nafari yo‘q qilingan.
4. Buyuk Britaniya IShIDga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazishni boshlaydi
- Buyuk Britaniya parlamenti Suriyada harbiy harakatlarni amalga oshirishga rozilik berdi;
- Britaniya samolyotlar yaqin vaqtlar ichida IShID pozitsiyalarini bombalashga kirishishi aytilgan;
- Kiprdagi bazadan inglizlarning samolyoti sharqqa qarab yo‘l olgan.
5. "Real" Ispaniya kubogidan chetlatilishi mumkin
- Benites futbolchining diskvalifikatsiyasi borligidan bexabarligini bildirgan;
- "Kadis" esa "Real"ning turnirdan chetlatilishini so‘ramoqda.
Shuningdek quyidagi muhim xabarlarni o‘tkazib yubormaslik tavsiya etiladi
Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya-Suriya chegarasidagi benzovozlar fotosuratlarini e'lon qildi
Pentagon Turkiya IShIDdan neft sotib olishga aloqadorligi haqidagi ma'lumotlarni inkor etdi
Dovudo‘g‘li Rossiyaning ayblovlarini inkor qilishda davom etdi
Rashid Xoliqov BMT Bosh kotibining yordamchisi sifatida tayinlandi
Afg‘onistondagi toliblarning yangi yetakchisi otishmada og‘ir yaralandi
Aktrisa Sandra Bullok qiz farzand asrab oldi
Kaliningradda o‘zbekistonlik ishchi balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi