10:08 / 03.12.2015
2504

La Liganing keyingi 3 mavsumdagi o‘yinlari translyatsiyasi huquqi 2,65 mlrd yevro evaziga sotildi

Ispaniya futbol ligasi mahalliy telekompaniyalar bilan 2016-2019 yillar davomidagi 3 mavsum o‘yinlari bo‘yicha umumiy qiymati 2,65 mlrd dollarlik ikkita shartnoma tuzdi. Bu haqda liga saytida xabar berilgan.

Ma'lum qilinishicha, DTS Distribuidora kompaniyasi bilan 750 million yevro, Media Produccion kompaniyasi bilan esa 1,9 million dollarlik shartnoma imzolagan.

Bu kompaniyalar Primera, Segunda, Ispaniya Kubogi va ikkinchi divizion o‘yinlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning fevralida Angliya premer ligasi keyingi 3 mavsum o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini Sky Sports va BT Sport kompaniyalariga €6,9 mlrd evaziga sotgandi.

Top